Putin Szinpinni Yangi yil bilan tabrikladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Xitoy rahbari Si Szinpin bilan qo‘ng‘iroqlashib, uni xitoyliklar taqvimi bo‘yicha yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan   tabrikladi. Bu haqda mahalliy telekanallar orqali xabar berildi.

Qayd etilishicha, bu yilgi bayram 10 fevralga o‘tar kechasiga to‘g‘ri keladi. Sharqiy taqvimga ko‘ra, yog‘och ajdar yili kirib kelishi kutilmoqda. Tabrik davomida Putin yangi yil Xitoy xalqi uchun muvaffaqiyatga to‘la bo‘lishini tiladi.

 Ma’lumot uchun, so‘nggi paytlarda ikki davlat o‘rtasida yuzaga kelayotgan moliyaviy-iqtisodiy cheklovlar Putinni tashvishlantirayotgan edi. Jumladan, shu hafta Xitoyning Chozxou tijorat banki Rossiyadan kelgan mijozlar bilan barcha hisob-kitoblarni to‘xtatdi. Mutaxassislarning fikricha, bu Rossiya Federatsiyasida narxlarning oshishiga va eng zarur mahsulotlar tanqisligiga olib kelishi mumkin.

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron, Xitoy va Rossiya birgalikda mart oyi oxirigacha harbiy-dengiz mashg‘ulotlarini o‘tkazishini ma’lum qilgandi.

Ulkanbayeva Rayhona


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Vladimir Putin Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made