Putin Tramp va Baydenni Yangi yil bilan tabrikladi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin AQSHning saylangan Prezidenti Jo Bayden va amaldagi Prezident Donald Trampni Rojdestvo va Yangi yil bilan tabrikladi. Xabar matni bilan Kreml veb-saytida tanishish mumkin.

“Koronavirus pandemiyasi va o‘tgan yili dunyo duch kelgan boshqa muammolar keng xalqaro hamkorlik zarurligini tasdiqladi. Prezident Rossiya va Qo‘shma Shtatlar o‘zaro munosabatlarni tenglik ruhida qurgan holda va bir-birlarining manfaatlarini inobatga olgan holda, mintaqaviy va global darajada barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash uchun ko‘p ishlarni amalga oshirishi mumkinligiga ishonch bildirdi”, deyiladi xabarda.

O‘z navbatida, Putin 2021 yil 20 yanvarda lavozimidan ketadigan AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp hamda oilasiga mustahkam sog‘lik, yaxshi kayfiyat va farovonlik tilagan.

Shuningdek, Putin boshqa bir qator davlatlar rahbarlariga Rojdestvo va Yangi yil tabriklarini yuborgan. Ular orasida Xitoy rahbari Si Szinpin, Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron ham bor.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Putin Bayden

Baholaganlar

62

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing