Putin tinchlikni xohlamaydi – Zelenskiy
Olam
−
12 iyun 3606 2 daqiqa
Moskvaning Ukrainadagi tinchlik muzokaralaridan asosiy maqsadi tinchlikka erishish emas, balki AQSH Prezidenti Donald Trampga “Ukraina va Rossiya o‘rtasida diplomatik ko‘prik borligini” ko‘rsatish va AQSHning Rossiya Federatsiyasiga qarshi yangi sanksiyalarini joriy etishdan qochishdir. Bu fikrni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bugun, 12 iyun kuni chop etilgan Germaniyaning “Bild” tabloidiga bergan intervyusida bildirdi.
“Putin har doim shunday deyishi mumkin: “Biz bir-birimiz bilan gaplashamiz! Sanksiyalar qo‘llanilsa, boshqa muzokaralar bo‘lmaydi”, deydi Zelenskiy.
Hujumga uchragan mamlakat Prezidenti ayni paytda Kreml Ukrainani yakkalab qo‘yish maqsadini ko‘zlamoqda, deb hisoblaydi .
“Ukraina hamkorlari yordamisiz uzoq davom etadigan urush Putin uchun ideal variant bo‘ladi. U sheriklar va sanksiyalar ko‘magida uzoq davom etadigan urushga dosh bera olmaydi”, deydi Prezident Zelenskiy.
Shu munosabat bilan u G‘arbning Moskvaga qarshi sanksiyalarini kuchaytirishga chaqirdi.
AQSH Prezidenti Donald Trampning uni tanqid qilganini izohlar ekan, Vladimir Zelenskiy “agar bu bizni (ukrainaliklarni) urush yakuniga yaqinlashtirsa, hamma narsani normal qabul qilishga tayyor”ligini aytdi.
“Prezident Tramp o‘z taktikasini tanladi. Men hech kimni qoralamoqchi emasman”, dedi u.
Bild jurnalisti Pol Ronsgeymer Oq uyda Tramp bilan janjaldan keyin Zelenskiy Amerika Prezidentini tanqid qilishdan qochganiga e’tibor qaratganida, Ukraina rahbari shunday dedi:
“Menimcha, uning uchun (Donald Tramp), tarixiy nuqtai nazardan qaraganda, dunyoda tinchlikni tiklashdan muhimroq narsa bo‘lishi mumkin emas”.
Rossiyaning bir nechta strategik bombardimonchi samolyotlari va uning harbiy aerodromlari zarar ko‘rgan “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi haqida gapirar ekan, Zelenskiy, uning fikricha, Rossiyaning yaqinda Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlariga uchuvchisiz samolyotlar va raketalar bilan uyushtirilgan ommaviy hujumlari bunga munosabat emasligini aytdi.
Shu bilan birga, u Moskvaning Rossiya Ukraina bilan urushda g‘alaba qozonishga yaqin ekanligi haqidagi da’volarini rad etdi.
“Ukraina qurolli kuchlari uch haftadan beri Rossiyaning yangi hujumini muvaffaqiyatli qaytarmoqda. Rossiyaliklar, yumshoq qilib aytganda, unchalik muvaffaqiyatli emas”, dedi Vladimir Zelenskiy.
Live
Barchasi