Putin taklifi bilan Nazarboyev yana bir xalqaro kengashning “oqsoqoli” bo‘ldi
Olam
−
29 may 2019
3167Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Qozog‘istonning birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining (YeOIK) faxriy raisi unvoni berilishini taklif qildi. Bu haqda “Kazinform” xabar berdi.
“Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Abishevich Nazarboyev sharofati bilan Yevroosiyo integratsiyasi amalga oshdi va keyinroq, qit’aning iqtisodiy hamda geosiyosiy tuzilishini o‘zgartirdi. RF Prezidenti Vladimir Putin YeOIK tashkil topishida qo‘shgan hissasini hisobga olib Nursulton Nazarboyevga Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining faxriy raisi unvonini berishni taklif qildi”, degan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi ochilishidagi nutqida.
Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi qarori bilan Qozog‘istonning birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyevga Oliy kengashning faxriy raisi unvoni berildi.
Avvalroq, Nursulton Nazarboyevga Turkiy kengashning bir umrlik faxriy raisi unvoni berilgani haqida xabar qilgan edik.
LiveBarchasi