Putin Stiven Sigalni mukofotladi

Madaniyat-san’at

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin amerikalik aktyor, Rossiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya-Amerika gumanitar aloqalari bo‘yicha maxsus vakili Stiven Sigalni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Tegishli hujjat huquqiy axborotning rasmiy portalida e’lon qilingan. 

“Mukofot xalqaro madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun berildi”, deyiladi farmonda. 

Stiven Sigal 1952 yilda tug‘ilgan. U Chak Norris va boshqalar bilan birga 1980 va 1990-yillardagi doimiy harakat qahramoni sifatida shuhrat qozongan. Ayniqsa, “Qamal ostida” (ikkala qism), “O‘lim xavfi ostida”, “Adolat yo‘lida” filmlari katta muvaffaqiyatga erishgan. Sigal aykido ustasi, karate va boshqa jang san’atlarini biladi. 

Aktyor Rossiya fuqaroligiga ega. Sigalga 2016 yilning noyabrida shaxsan Prezident Putin Rossiya pasportini topshirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Stiven Sigal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing