Putin siyosatining madaniyatdagi “mevasi”: Rossiyada “Oskar” qo‘mitasining ishi to‘xtatildi

Madaniyat-san’at

image

Rossiya filmlarini har yili “Chet tilidagi eng yaxshi film” nominatsiyasida Akademiya mukofotiga nomzod qilib ko‘rsatuvchi Rossiya Oskar qo‘mitasining ishi to‘xtatildi. Bu haqda qo‘mita a’zosi – prodyuser Fyodor Popovga tayanib TASS xabar berdi. 

“Oskar”ga nomzodlar qo‘mitasi ishlayotganida men a’zo edim. Hozir uning safi ancha qisqargan va faoliyati to‘xtagan”, deydi Popov. 

Popov Rossiya sanksiyalarga, rus madaniyati, sporti va boshqa narsalar ta’qib va taqiqlarga duchor bo‘lgan hozirgi sharoitda Amerika Akademiyasi "Oskar" mukofotiga nomzodlikni qo‘llash juda nomaqbul ko‘rinishini qo‘shimcha qilgan. 

Komissiya a’zolari bo‘lgan TASS agentligining ikki suhbatdoshi ham Rossiya filmlarini 2023 yilda “Oskar” mukofotiga ko‘rsatmasligini tasdiqladi. Rossiya Federatsiyasi Milliy kino san’ati va fanlari akademiyasi prezidiumi matbuot xizmati TASS so‘roviga javob bermadi. 

Rossiya Oskar qo‘mitasi an’anaga ko‘ra, sentyabr-oktyabr oylarida “Eng yaxshi chet tilidagi film” nominatsiyasida mukofotga munosib bo‘lishi mumkin bo‘lgan mamlakat filmini nomzod qilib ko‘rsatar edi. Bu 2022 yilda sodir bo‘lmadi. Keyin kinoijodkorlarning fikrlari ikkiga bo‘lindi: rejissyorlar Aleksey Uchitel va Andrey Konchalovskiy TASS agentligiga Rossiya siyosiy vaziyatga qaramay, o‘z filmini “Oskar”ga ko‘rsatishi kerakligini aytdi. Rossiya Federatsiyasi Kinematograflar uyushmasi raisi Nikita Mixalkov buni ma’nosiz deb hisobladi. 

2022 yil sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Milliy kino san’ati va fanlari akademiyasi veb-saytida “Rossiya kino akademiyasi prezidiumi 2022 yilda “Oskar” mukofotiga mahalliy filmni nomzod qilib ko‘rsatmaslikka qaror qildi”, degan xabar paydo bo‘ldi. Rossiya “Oskar” qo‘mitasi a’zosi Pavel Chuxrayning ga ma’lum qilishicha, u bu fikrga qo‘shilib, qo‘mita tarkibini tark etadi. 

Ma’lumot uchun, qo‘mita filmlarni Amerika kino mukofotlari uchun nomzod qilib ko‘rsatadi, keyin esa "qisqa ro‘yxatlar" tuziladi. Rossiya filmlari uch marta "Eng yaxshi chet tilidagi filtm" nominatsiyasida laureat bo‘ldi, jumladan, Sergey Bondarchukning "Urush va tinchlik" (1968), Vladimir Menshovning "Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi" (1981) va Mixalkovning "Quyoshda kuygan" filmi (1994). 96-Oskar taqdirlash marosimi 2024 yil 10 mart kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Oskar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing