Putin shu haftada Markaziy Osiyoga keladi 

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 11 oktyabr kuni Turkmanistonga amaliy tashrif bilan keladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Putin atoqli turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan “Zamonlar va sivilizatsiyalar o‘zaro aloqasi – tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumida ishtirok etadi.

Bugun, 7 oktyabr kuni 72 yoshga to‘lgan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tug‘ilgan kunida MDH davlatlari rahbarlari bilan birga bo‘ladi. Ertaga, 8 oktyabr kuni Vladimir Putin raisligida MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tadi.

Sammit davomida davlat rahbarlari Hamdo‘stlik doirasidagi o‘zaro hamkorlikning asosiy masalalari yuzasidan fikr almashadi, istiqboldagi ishlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilab beradi, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qiladi. 2025 yilda MDHga raislikni Rossiyadan Tojikistonga o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi kutilmoqda.

Iqtisodiy, madaniy-gumanitar, huquq-tartibot va harbiy sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirish, shuningdek, MDHga a’zo davlatlar rahbarlarining MDH xalqlariga va jahon hamjamiyatiga 1941-1945 yillardagi urushdagi g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Murojaatnomasini qabul qilish bo‘yicha qator ko‘p tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Turkmaniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made