Putin shu haftada Xitoyga boradi 

Olam

image

7 may kuni navbatdagi 6 yillik prezidentlik davri uchun qasamyod qabul qilgan Rossiya yetakchisi Vladimir Putin ilk xorijiy tashrifini 16-17 may kunlari Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oshiradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Bildirilishicha, Prezident Putin Pekin va Xarbinga boradi. Xitoy rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish va qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

“Rossiya va Xitoy rahbarlari keng qamrovli sheriklik va strategik hamkorlik masalalarining butun majmuasini batafsil muhokama qiladi, Rossiya-Xitoy amaliy hamkorligini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi, shuningdek, eng dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashadi”, deyiladi Kreml saytida.

Vladimir Putin va Si Szinpin diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 75 yilligi hamda Rossiya va Xitoy madaniyati yillarining ochilishiga bag‘ishlangan tantanali kechada ishtirok etadi. Tashrif doirasida Rossiya Prezidenti Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi Bosh vaziri Li Syan bilan ham uchrashadi.

Eslatib o‘tamiz, 5-10 may kunlari Xitoy rahbari Si Szinpin Yevropa davlatlariga safar qilgan, Fransiya, Serbiya va Vengriyada bo‘lgandi. Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Parijda Si Szinpinni Ukrainadagi mojaro munosabati bilan Rossiyaga ta’sir o‘tkazishga majburlashga urinib ko‘rdi


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Xitoy Si Tszin'pin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing