Putin Shimoliy Koreyaga bordi (video)
Olam
−
19 iyun
11961Rossiya Prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga bordi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Rossiya rahbarini poytaxt Pxenyan shahri aeroportida KXDR Raisi Kim Chen Inning shaxsan o‘zi kutib olgan.
Ma’lumot uchun, ushbu tashrif Shimoliy Koreya yetakchisi taklifiga binoan amalga oshirilmoqda. Putin bu mamlakatga avval bir marta tashrif buyurgan – bu uning prezidentligi birinchi muddatining boshida, 2000 yilning 19-20 iyul kunlari bo‘lgan. O‘shanda u KXDRning avvalgi rahbari Kim Chen Ir bilan uchrashgan. Shimoliy Koreyaning amaldagi rahbari Kim Chen In oxirgi marta 2023 yilning 12-17 sentyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyaga tashrif buyurgan, u Putin bilan “Vostochniy” kosmodromida uchrashgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Putin tez orada Shimoliy Koreya va Vetnamga borishi aytilgandi. Shundan so‘ng rasmiy Pxenyan Putin kelishi uchun hamma narsa tayyorligini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi