Putin sentyabrda AQSHga boradimi?
Olam
−
08 avgust 2022
18948Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning sentyabrda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasi uchun Nyu-Yorkka bormaydi va hatto videobog‘lanish orqali ham chiqishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Kreml Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
"Yo‘q. Sayohat yoki chiqish rejalari yo‘q", deydi u tegishli savollarga javob berib.
BMT Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi tashkilot shtab-kvartirasi joylashgan Nyu-Yorkda 20-26 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Bosh Assambleyaning yangi yillik sessiyasini ochadigan ushbu tadbirda an’anaviy tarzda Prezidentlar, Bosh vazirlar va vazirlar ishtirok etadilar.
Bu yil Rossiya delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov boshchilik qiladi.
LiveBarchasi