Putin saylovoldi debatlarida qatnashishdan bosh tortdi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga nomzod Vladimir Putin saylovoldi qo‘shma tashviqot tadbirlarida ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi kotibi Natalya Budarina ma’lum qildi.

“Rossiya Markaziy saylov komissiyasiga Rossiya Federatsiyasi prezidentligiga nomzod Vladimir Vladimirovich Putinning Butunrossiya davlat teleradioeshittirish tashkilotlari kanallarida qo‘shma tashviqot tadbirlarida ishtirok etishdan bosh tortganligini tasdiqlovchi hujjat kelib tushdi. Bu nomzodning shaxsiy huquqi”, degan Budarina Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi majlisida.

Kreml voizi Dmitriy Peskov esa prezidentlikka nomzod va amaldagi davlat rahbari Vladimir Putinning munozarada ishtirok etishdan bosh tortishini uning har kuni rossiyaliklar haqida qayg‘urishi va juda bandligi bilan asosladi.

“Rossiyaliklar Putinning Rossiya hayotining barcha jabhalari bo‘yicha bayonotlarini deyarli har kuni ko‘rish imkoniga ega”, degan Peskov jurnalistlarga bergan bayonotida.

Kreml voizining ta’kidlashicha, Putin prezidentlik dasturi juda tig‘iz bo‘lgan ayni damdagi davlat rahbari hisoblanadi. Bu uni boshqa amaldagi nomzodlardan tubdan ajratib turadi.

Ma’lumot uchun, Vladimir Putin bu bilan prezidentlik saylovlari debatlarida beshinchi bor ishtirok etmayapti.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada hokimiyat uchun kimlar kurashishi ma’lum bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin debat Rossiya Federatsiyasi saylovoldi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing