Koronavirusdan sog‘ayganlar 160 nafardan oshdi

Jamiyat

image

Buxoro viloyatida yana 5 kishi koronavirus kasalligini yengib o‘tdi. Bu haqda bugun, 18 aprel kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

“Buxoro viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan yana 5 nafar bemor butkul sog‘aydi. Ular viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, sog‘ayganlarning barchasi charter reys orqali Turkiyadan Buxoroga kelishgan bo‘lib, “Sitorai Mohi Xosa” sanatoriysida karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan. Bemorlarning 1 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Ulardan 3 nafari poytaxtimizdan, Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridan esa 1 nafarni tashkil etadi. Ular orasida eng yoshi kattasi 54 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 22 yoshda.

Shunday qilib, Respublikada koronavirusdan sog‘ayganlar soni 161 nafarga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. 4 nafari vafot etganMavjud bemorlar soni 1285 kishini tashkil qilmoqda.

Qadrli yurtdoshlar, karantin davrida zarurat bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmang. Vaqtni oilangiz, farzandlaringiz davrasida o‘tkazing. Unutmang,  #UydaHayotBor


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus O'zbekistonda

Baholaganlar

65

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing