Putin saratonga chalinganmi?

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin qalqonsimon bez saratoni bilan kasallangani va onkologik kasalliklar bilan bog‘liq operatsiyalarni o‘tkazgani haqidagi ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov bir qator ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan tegishli xabarlarni inkor qildi.

"Exo Moskva"ning sobiq bosh muharririning yozishicha, Kreml matbuot kotibi bunday bayonotlarni “uydirma va yolg‘on” deb atagan.

Peskov jurnalistning “Vladimir Putinda saratonga chalinmagan, to‘g‘ri tushundimmi?”, degan savoliga javoban “to‘g‘ri”, deb javob bergan.

Mart oyida Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Putin hozir har qachongidan ham sog‘lom ekanligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya yetakchisining sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar borligi haqidagi barcha xabarlar G‘arb davlatlari tomonidan davlat rahbariga ishonchni pasaytirish maqsadida tarqatilayotgan mish-mishlardir.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Dmitriy Peskov

Baholaganlar

2356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing