“Lukoyl” O‘zbekiston hisobiga rivojlanyapti

Olam

image

“Lukoyl” O‘zbekistonda gaz qazib olish hisobiga uglevodorod ishlab chiqarishni ko‘paytirib boryapti. Joriy yilning birinchi yarim yilligida gaz qazib chiqarish 8 foizga ko‘paydi. Neft qazib olish esa deyarli 1,3 foizga ortdi.

“Lukoyl” 2019 yilning birinchi yarmida neft qazib olishni 1,27 foizga orttirib, 43,37 mln tonnaga (Iroqdagi G‘arbiy Kurna-2 dagi ishlab chiqarishni ham hisoblaganda) yetkazdi. Uglevodorod ishlab chiqarish Iroqni hisobga olmaganda 2,8 foizga o‘sib, sutkasiga 2,35 mln barrel neft ekvivalentiga teng bo‘ldi. Kompaniya ishlab chiqarish hajmining o‘sishini O‘zbekistonda gaz va Rossiyada neft qazib olishning ko‘paygani bilan izohlayapti.

“Lukoyl” gaz ishlab chiqarishni 8 foizga ko‘paytirib, 17,4 mlrd kub metrga yetkazdi. Shundan 7 mlrd kub metri O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri keldi. O‘zbekistonda gaz qazib olish 2018 yilda “Qandim” loyihasida gazni qayta ishlovchi majmuaning ishga tushirilishi hisobiga 18 foizga ko‘paydi. “Lukoyl” 2020 yilda O‘zbekistonda loyihaga ko‘ra 17-18 mlrd kub metr gaz qazib olishni rejalashtiryapti.


Maqola muallifi

Teglar

gaz neft' Lukoyl

Baholaganlar

83

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing