Putin Sankt-Peterburgda harbiy parad o‘tkazishga farmon berdi

Olam

image

Joriy yilning 30 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida dengiz paradi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin farmon berdi. Hujjat Kreml saytida e’lon qilindi.

Unda aytilishicha, parad Vatan himoyasiga katta hissa qo‘shgan Rossiya dengiz flotining g‘alabalari sharafiga o‘tkaziladi.

“Men Bosh dengiz paradini 2023 yil 30 iyul kuni Sankt-Peterburgda Harbiy-dengiz kuchlari kunida o‘tkazishga qaror qilaman”, deyiladi farmonda.

Shuningdek, hujjatdan ko‘rinib turibdiki, tadbirga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish Mudofaa vazirligi va boshqa ijro hokimiyati organlari zimmasiga yuklatilgan. Sankt-Peterburg hukumati ham paradni tayyorlash va o‘tkazishda yordam berishga buyurilgan.

Ta’kidlash joizki, bir yil oldin parad Neva daryosi suvlarida Blagoveshchenskiy va Troitskiy ko‘priklari o‘rtasida hamda portning janubiy himoya devori bo‘ylab Buyuk Kronshtadt suvlarida bo‘lib o‘tgan. Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etgan edi.

Ma’lumot uchun, Rossiya Harbiy-dengiz kuchlari kuni 2006 yildan beri iyul oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanishi an’anaga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 9 may kuni Moskvada G‘alaba paradi bo‘lib o‘tgan, unda yetti postsovet respublikasi — Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston va Armaniston yetakchilari ishtirok etgandi. Oldinroq esa Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanda 27 iyulga o‘tar kechasi harbiy parad o‘tkazilishi kutilayotgani aytildi. Unda Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham qatnashadi


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg Rossiya Putin parad

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing