Putin Sadir Japarovni og‘zidan bol tomib maqtadi
Olam
−
12 Oktabr 2023
9969Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya Qirg‘iziston bilan munosabatlarni konstruktiv rivojlantirish tarafdori, deb ishontirdi.
Putin Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga “Shon-sharaf” ordenini topshirar ekan, qirg‘izistonlik mavqedoshining Moskva va Bishkek o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotganini e’tirof etgan.
“Siz bir xil konstruktiv va manfaatdor pozitsiyaga, Rossiya tomonining bir xil manfaatdor yondashuviga ishonishingiz mumkin”, deydi Putin.
Rossiya rahbari Japarovning faoliyati Rossiya va Qirg‘iziston o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishga qaratilganini, u doimo tenglik, o‘zaro hurmat va har ikki tomon manfaatlarini hisobga olish tamoyillari asosida qurilgan Rossiya-Qirg‘iziston munosabatlarini mustahkamlash tarafdori ekanini bildirdi.
“Siyosat, iqtisod, fan, ta’lim va madaniyat sohalarida Rossiya-Qirg‘iziston munosabatlarini rivojlantirishdagi ko‘plab muhim yutuqlarga ko‘p jihatdan sizning faol pozitsiyangiz va natijalarga erishishda shaxsiy manfaatdor ishtirokingiz sabab bo‘ldi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi”, deydi Putin Japarovga yuzlanib.
Rossiya davlati rahbari uni mukofot bilan tabriklar ekan, Qirg‘iziston Prezidentiga davlat faoliyatida kelgusida muvaffaqiyatlar tiladi.
“Biz sizni Yevroosiyo makonida integratsiya jarayonlarini izchil rivojlantirish, umumiy mintaqamizda sheriklik, hamkorlik muhitini mustahkamlashning ishonchli tarafdori sifatida ham bilamiz”, deydi Rossiya Prezidenti qirg‘izistonlik mavqedoshi faoliyati haqida gapirar ekan.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bugun, 12 oktyabr kuni Bishkekka tashrifi bahonasida Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovni "Shon-sharaf" ordeni bilan mukofotladi.
LiveBarchasi