Putin ruslarni ko‘p bolali bo‘lishga chaqirdi. U nimadan xavotirda?
Olam
−
29 noyabr 2023
8044Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat og‘ir demografik muammolarni yengib o‘tishi uchun ruslarni ko‘proq farzand ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda "The Moscow Times" xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Putin bu haqda Butunjahon rus xalqi qurultoyida ma’lum qilgan. U "ruslar ko‘p bolali oilalar an’anasini jonlantirishi kerak"ligini alohida aytib o‘tgan.
"Rossiyaning ko‘plab xalqlari to‘rt, besh yoki undan ortiq bola tarbiyalanadigan kuchli, ko‘p avlodli oila an’analarini saqlab qolgan. Avvallari rus oilalarida kamida yetti-sakkiz nafar farzand bo‘lgan", degan Rossiya yetakchisi.
U butun rus xalqini "ushbu ajoyib an’analarni asrab-avaylash va tiklash"ga chaqirgan. Ko‘p bolali va katta oilali bo‘lish Rossiyadagi barcha xalqlar uchun odatdagi hol, turmush tarziga aylanishi kerakligini urg‘ulagan.
"Mamlakatdagi demografik muammolarni faqat pul, nafaqa, ijtimoiy to‘lovlar va imtiyozlar yordamida hal qilish mumkin emas", degan Putin.
Ma’lumot o‘rnida, statistik ko‘rsatkichlarga e’tibor berilsa chindan ham rossiyaliklar 2018 yildan beri kamayib bormoqda. Jumladan, 2022 yilda aholi soni 533 ming kishiga kamaygan bo‘lsa, 2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 146,5 million kishini tashkil etgan.
LiveBarchasi