Putin rus tilini bilmaydigan migrant bolalarni maktabga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni imzoladi
Olam
−
28 dekabr 2024
2562Rossiya Prezidenti Vladimir Putin rus tilini bilmaydigan migrant bolalarning maktablarda o‘qishini taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda mamlakatning Normativ-huquqiy hujjatlar portalida xabar berildi.
Qonun 2025 yil 1 apreldan kuchga kiradi.
Chet el fuqarolarining voyaga yetmagan farzandlarini rus tili va ijtimoiy-madaniy moslashtirish darajasini baholash tizimini sinovdan o‘tkazish loyihasini boshqarayotgan M. Akmulla nomidagi Boshqir davlat pedagogika universitetining Xalqaro aloqalar boshqarmasi rahbari Kseniya Gabdraxmanovaga ko‘ra, ushbu loyiha chet el fuqarolari farzandlarining Rossiya ta’lim tizimida o‘qishi, shu jumladan, til diagnostikasi va moslashtirish dasturlarini o‘rganishiga qaratilgan. Monitoring Rossiya Ta’lim vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan.
Ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yili boshida rus tili bo‘yicha diagnostikadan 154,8 ming nafar chet el fuqarolarining farzandlari o‘tgan, bu Rossiya ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan barcha migrant o‘quvchilarining 74,4 foizini tashkil qiladi. Monitoring butun mamlakat bo‘ylab o‘tkazilgan. 28 hududda migrant o‘quvchilarning 100 foizi diagnostikadan o‘tgan bo‘lsa, 32 hududda bu ko‘rsatkich 80 foizdan 99,9 foizgacha, 16 hududda esa 60 foizdan 79,9 foizgacha bo‘lgan. 12 hududda chet ellik o‘quvchilarning faqat 20 foizdan 59,9 foizgacha qismi diagnostikadan o‘tgan.
Bunday diagnostika o‘tkazish imkoniyati 2023 yilda Ta’lim vazirligi buyrug‘i kuchga kirganidan so‘ng paydo bo‘lgan. Ushbu buyruqqa ko‘ra, maktablar tilni yaxshi bilmaydigan o‘quvchilar uchun diagnostika o‘tkazilgandan keyin qo‘shimcha rus tili ta’limi tashkil qilish huquqiga ega bo‘ladi. Diagnostika o‘tkazish tartibini maktabning o‘zi belgilaydi.
Rossiyada migrant bolalar uchun majburiy til imtihonini joriy etish va uni maktabga qabul qilish sharti sifatida yo‘lga qo‘yish taklifi joriy yilning iyul oyida Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin tomonidan bildirilgan edi. Kuzning oxirida Davlat Dumasiga rus maktablarida bolalarning rus tilini bilmasdan o‘qishini taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi yuborildi. Qonun 10 dekabr kuni birinchi o‘qishda, 11 dekabrda ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 20 dekabr kuni Rossiya Federatsiyasi Federatsiya Kengashi rus tilini bilmaydigan muhojirlarning farzandlarini maktablarga qabul qilishni taqiqlovchi qonunni ma’qullagandi.
LiveBarchasi
Ukraina Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Jo‘loniyga milliy ukrain ko‘ylagini sovg‘a qildi.
31 dekabr 2024
O‘zbekistonlik chavandozlar BAAda konkur bo‘yicha xalqaro musobaqada 2 ta medalni qo‘lga kiritdi.
31 dekabr 2024
Yangi yil Avstraliya va Yangi Zelandiyaga kirib keldi.
31 dekabr 2024
Xitoy AQSH, Kanada va Avstraliyadagi yetti harbiy kompaniyaga nisbatan sanksiyalar kiritdi.
31 dekabr 2024
31 dekabr 2024