Putin rus neftiga yuqori narx belgilansa, Rossiyaning javobi qanday bo‘lishini aytdi

Olam

image

Rossiya neft narxi uchun yuqori narx belgilagan davlatlarga energiya resurslarini yetkazib bermaydi. Bu haqda RF Prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi forumda “Rossiya energetika haftaligi” so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Uning ishonchi komilki, cheklovlar kamomadga olib keladi va “hech qanday moliyaviy intervensiyalar va neft zaxiralarining ochilishi yuqori narx joriy etish oqibatlarini tuzatmaydi”.

Putinning fikricha, G‘arb yangi sohalar yoki boshqa mamlakatlarga nisbatan narxlarning yuqori chegarasini joriy qilishi mumkin.

Shuningdek, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi energiya ta’minoti uchun milliy valyutalarda to‘lovlarga o‘tishni davom ettirmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sakkizinchi sanksiyalar paketini ma’qullagan edi, bu esa neft narxini cheklashni joriy qilish uchun zarur huquqiy asoslar uchun poydevor yaratadi.

Narxlar chegarasi joriy qilinganidan so‘ng, yevropalik operatorlarga Rossiya neftini faqatgina narx avval belgilangan yuqori darajadan oshib ketmaganda uchinchi mamlakatlarga tashishni amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradi.

Ushbu chora G7 hamkorlari bilan yaqindan muvofiqlashtirilgan. Cheklov xom neft uchun 2022 yil 5 dekabr, neft mahsulotlari uchun 2023 yil 5 fevraldan keyin kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

544

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing