Putin Rossiyaning XXI asrdagi asosiy qurolini ma’lum qildi

Olam

d28b82603ccd970cfc10193450e6a41367f887a8b91d1b0d3a4da6052b072b3a

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakati qurolli kuchlarining salohiyati yaqin o‘n yillar va butun XXI asrda lazerli qurollarga bog‘liq bo‘lishini aytdi.

Bugun, 17 may kuni Vladimir Putin harbiy sohaga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazib, unda shular haqida aytib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Shuni alohida aytishim kerakki, bu loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi o‘ta muhim. Negaki, aynan shu kabi qurollar yaqin o‘n yilliklar va, hatto butun XXI asr davomida ko‘p tomonlama Rossiya armiyasining imkoniyatlarini belgilab beradi”, degan RF Prezidenti Putin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin lazerli qurol

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing