Putin Rossiyani yo‘q qilishning yagona yo‘lini aytdi
Olam
−
24 dekabr 2021
38211Rossiyani mag‘lub etib bo‘lmaydi, uni faqat ichkaridan yo‘q qilish mumkin. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yillik matbuot anjumanida ma’lum qildi.
BBC rus xizmati muxbiri Pyotr Kozlov Putindan so‘nggi olti oy ichida xorijiy tashkilotlar va OAVni xorijiy agentlar va ekstremistlar deb tan olinishi keskin oshganiga nima bo‘layotganini so‘ragan.
“Agar tarix haqida gapiradigan bo‘lsak, men sizga raqiblarimiz asrlar davomida nima haqida gapirib kelayotganini eslatmoqchiman. Rossiyani mag‘lub etib bo‘lmaydi, uni faqat ichkaridan yo‘q qilish mumkin. Bu Birinchi jahon urushidan keyin va 1990-yillarda sodir bo‘lgan voqea. Kim buni qildi? Boshqa odamlarning manfaatlariga xizmat qilganlar”, degan Putin.
Xorijiy ommaviy axborot vositalarining tez o‘sib borayotgan reyestri haqidagi savolga Putin bunda yaxshilik ko‘rmayotganini aytgan.
Shu bilan birga, u Rossiyada xorijiy agentlar faoliyatini tartibga solish AQSHdagiga qaraganda “yumshoqroq” ekanini aytgan.
“Agar siz o‘z faoliyatingizni yopmagan bo‘lsangiz, siz jinoiy faoliyatga duch kelasiz — besh yilgacha qamoq jazosi. Agar siz ushbu faoliyatni to‘xtatib, tashkilotingizni yopgan bo‘lsangiz ham, bu sizni jinoiy javobgarlikdan ozod qilmaydi. Besh yil! Biz ishni to‘xtatishni talab qilmaymiz. Ular bundan keyin ham ishlashda davom etishlari mumkin. Bizning qonunimiz ancha liberaldir”, degan Prezident va chet el agenti sifatida tan olingan tashkilotlar moliyalashtirish manbalarini oshkor etishi kerakligini ta’kidlagan.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, “siyosiy faoliyatni tushunish bilan bog‘liq muammolar mavjud”.
“Bizda 74 ta tashkilot xorijiy agent sifatida tan olingan”, deya qo‘shimcha qilgan Prezident.
U Rossiyadagi xorijiy agentlarning ulushi AQSHdagi xorijiy agentlarning ulushidan oshmasligini ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Putin Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qilish ijod erkinligi hisoblanmasligini aytgandi.
LiveBarchasi