Putin Rossiya yadroviy inshootlariga kirgan AQSH agentlari haqida gapirdi
Olam
−
13 dekabr 2021
138151990-yillarda AQSH maxsus xizmatlari agentlari Rossiya yadroviy inshootlarida bo‘lgan. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ma’lum qildi.
“Amerika maxsus xizmatlari Rossiyaning hamma joyiga bordi, hatto yadroviy kompleksning ba’zi korxonalarida ham bo‘lishdi”, degan Prezident “Rossiya. Yaqin tarix” hujjatli filmi uchun bergan intervyusida.
Uning ta’kidlashicha, ularning yadroviy inshootlarda bo‘lishi hukumatlararo kelishuv asosida kelishilgan.
“Ular hamma joyga borishdi va hatto Markaziy razvedka boshqarmasining oddiy xodimlari bo‘lishmasa ham, Davlat departamenti va Markaziy razvedka boshqarmasiga o‘z ish natijalari haqida hisobot berishgandir”, degan Putin.
Shuningdek, intervyuda Putin SSSRning parchalanishi “tarixiy Rossiyaning qulashi” ekanini aytib, Sovet davlatining parchalanishi o‘zi uchun ham, mamlakat fuqarolarining ko‘pchiligi uchun ham fojia ekanini ta’kidlagan.
Prezident, shuningdek Yevropa davlatlari 1990-yillarda Rossiyaning qulaganiga ishonch hosil qilgan, deb hisoblaydi. Putinning so‘zlariga ko‘ra, u Yevropada ishlab chiqilgan xaritalarni ko‘rgan, ularda Rossiya alohida davlatlarga bo‘lingan.
Avvalroq, Putin muhojirlar Rossiyaga mamlakat til va qonunlarini bilgan holda kelishi uchun MDH davlatlari bilan muzokara olib borish kerakligini aytgandi.
LiveBarchasi