Putin Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi devor haqida maqola yozdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Bugun, 12 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning “Ruslar va ukrainlarning tarixiy birligi” nomli maqolasi e’lon qilindi. Ushbu maqola nusxasi Rossiya Prezidenti saytiga joylashtirilgan.

Quyida uning eng muhim nuqtalariga to‘xtalib o‘tamiz:

  • ruslar va ukrainlar bir xalq, bir butundir;
  • so‘nggi yillarda ikki xalq o‘rtasida paydo bo‘lgan devor — bizning har xil davrlarda yo‘l qo‘ygan xatolarimiz va hamjihatligimizga putur yetkazishga intilgan kuchlarning maqsadga muvofiq ishlari natijasi;
  • ruslardan ayro ukrain xalqi haqidagi g‘oyalar Polsha elitasi va kichik rus ziyolilarining bir qismi orasida paydo bo‘ldi. So‘ngra XIX asr oxiridan boshlab Avstriya-Vengriya hukumati ushbu mavzuni ilib oldi;
  • bugun Ukrainani to‘liq tashqi nazorat ostiga berganlar 1918 yilda Kiyevdagi hukmron rejim uchun bunday qaror o‘limga olib kelganini eslashlari kerak;
  • sovet milliy siyosati — buyuk ruslar, kichkina ruslar va belaruslar uchligi o‘rniga davlat darajasida uchta alohida slavyan: rus, ukrain va belarus xalqlari to‘g‘risidagi nizomni o‘rnatdi;
  • zamonaviy Ukraina — bu sovet davrining bolachasi. Buning uchun XVII asrda mamlakat qaysi hududlar bilan Rossiya davlatiga qo‘shilgani va Ukraina SSR qaysi hududlar bilan Sovet Ittifoqidan chiqib ketganini taqqoslash kifoya;
  • albatta, bir xalqning bir qismi rivojlanish jarayonida o‘zini alohida millat kabi his qilishi mumkin, bunga hurmat bilan qarash kerak;
  • Ukraina ziyolilari o‘z mamlakatining o‘tmishini inkor qilib, mustaqilligini asoslashga qaror qildi. Ular tarixni qayta yozishni boshladi, natijada bizni birlashtirgan va bugungi kunda ham yaqinlashtiradigan barcha narsalar, avvalambor rus tili hujumga uchradi;
  • Kiyevga Donbass kerak emasligiga tobora ko‘proq amin bo‘lmoqdaman;
  • Ukraina geosiyosiy o‘yinga jalb qilindi. Bundan maqsad uni Rossiyaga qarshi maydonga aylantirish edi. “Ukraina Rossiya emas” tushunchasini qabul qilib bo‘lmaydigan vaqt kelganda “Rossiyaga qarshi” tushunchasini o‘ylab topishdi;
  • biz hech qachon tarixiy hududlarimiz va u yerda yashaydigan odamlarni Rossiyaga qarshi ishlatilishiga yo‘l qo‘ymaymiz.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya Prezidenti avvalgi maqolasida Ukrainadagi siyosiy inqirozda Yevropa va AQSHni ayblagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Putin Ukraina

Baholaganlar

284

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing