Putin Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikni baholadi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlik xalqaro maydonda barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin an’anaviy matbuot anjumanida ta’kidladi. 

Putin Rossiya Xitoy bilan xavfsizlik, koinot, aviatsiya sohasida hamkorlik qilishini, shuningdek Qurolli Kuchlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirayotganini eslatgan. 

“Bu strategik xarakterdagi mutlaqo har tomonlama qamrab oluvchi, tarixda misli ko‘rilmagan Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi hamkorlikdir. Bu mehnat, mashaqqatli mehnat Xitoyga ham, rus xalqiga ham foyda keltiradi va u albatta, jiddiy, xalqaro maydonda barqarorlashtiruvchi omildir”, degan Putin. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 dekabr kuni Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin videoaloqa orqali muloqot o‘tkazgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xitoy

Baholaganlar

192

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing