Putin Rossiya qo‘shinlari Kiyevdan Ukrainaning “iltimosi”ga ko‘ra chiqqanini aytdi (video)
Olam
−
29 iyul 2023
15172Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yili mamlakat qo‘shinlarining Kiyevdan chiqishi ixtiyoriy ravishda bo‘lgani, chunki, Ukraina shunday qilishni “so‘raganini” aytdi. Bu haqda u Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan Rossiya-Afrika sammitida ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Putin Afrika yetakchilari bilan uchrashuvda Rossiya o‘z armiyasini Kiyevdan olib chiqib ketishiga undan tinchlik shartnomasini imzolash uchun sharoit yaratish maqsadida shunday qilishni so‘rashganini ta’kidlagan.
“Aslida, bu shartnoma loyihasi kelishilgan edi. Ammo bizdan yakuniy kelishuvni tuzish uchun sharoit yaratish maqsadida shunday qilishni so‘rashganidan va qo‘shinlarimiz Kiyevdan olib chiqib ketilganidan so‘ng Kiyev hukumati avvalgi barcha kelishuvlardan voz kechdi”, deydi Putin.
Ta’kidlanishicha, Putinning yuqoridagi gaplari aks etgan fragment dastlab Kremlning Telegram-kanaliga joylangan, ammo keyinroq o‘chirib yuborilgan.