Putin Rossiya, Qozog‘iston va O‘zbekiston ishtirokida ittifoq tuzmoqchi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimi Putin Qozog‘iston va O‘zbekiston bilan uch tomonlama ittifoq tuzish taklifini bildirdi. Bu hadqa Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev RF Bosh vaziri Mixail Mishustin bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

To‘qayev Putinning taklifi haqida fikr bildirib, bunday ittifoqqa qarshi emasligini ta’kidladi.

“Bugun Vladimir Vladimirovich o‘ziga xos uch tomonlama ittifoq yaratish zarurligi haqida gapirdi va u O‘zbekiston Prezidentiga qo‘ng‘iroq qilmoqchi. Istalgan natija va kelishuvlarga erishish uchun, bu mavzuni ham chuqur o‘rganishimiz kerak, hech bo‘lmaganda men. Aslida, biz bunga tayyormiz. Nega endi yo‘q”, degan To‘qayev Mishustin bilan uchrashuvda.

Eslatib o‘tamiz, To‘qayev Qozog‘istonda o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongach, ilk rasmiy tashrif bilan Rossiyaga bordi. Putin va To‘qayev videokonferensiya shaklida Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik forumida ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 20 noyabr kuni Qozog‘istonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Mamlakatning amaldagi rahbari 81,31 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Uning inauguratsiyasi 26 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

629

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing