Putin O‘QRBSH taqdirini hal qildi

Olam

image

Bugun, 4 mart kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin “Rossiya Federatsiyasining Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi va Amerika Qo‘shma Shtatlari o‘rtasida ularning o‘rta va qisqa masofali raketalarini yo‘q qilish to‘g‘risidagi Shartnomaga amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

Putinning farmoni bilan AQSH va Rossiyaning O‘QRBSH atrofida boshlangan mojarolari yakunlandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning oktyabr oyida AQSH prezidenti Donald Tramp mamlakatini O‘QRBSHdan chiqarishini ma’lum qilgandi.

Vladimir Putin AQSH shartnomadan chiqsa Rossiya ham shunday javob qaytarishini ma’lum qilgandi. Shuningdek, Putin biror Yevropa mamlakati AQSH raketalarini hududiga kiritsa, o‘zini nishonga qo‘yishini ta’kidlagandi.

Shundan so‘ng, Tramp AQSH 2 fevraldan boshlab O‘QRBSHdan chiqish harakatlarini boshlashini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh-Rossiya O'QRBSh

Baholaganlar

205

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing