Putin Rahmonni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi
Olam
−
21 noyabr 2023
3964Rossiya Prezidenti Vladimir Putin tojikistonlik mavqedoshi Imomali Rahmonni uchinchi darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 21 noyabr kuni rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turgan Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning Kremlda Vladimir Putin bilan yakkama-yakka tarzdagi muzokaralari bo‘lib o‘tgan.
Maslahatlashuvlar delegatsiya a’zolari ishtirokida ishchi nonushta tarzida davom etgan.
Muzokaralar yakunida Vladimir Putin Tojikiston Respublikasi Prezidentiga Rossiya Federatsiyasining davlat mukofoti – III darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordenini topshirgan.
“Imomali Rahmon ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash, shuningdek, mintaqaviy barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qo‘shgan ulkan shaxsiy hissasi uchun Rossiya Prezidentining farmoni bilan III darajali “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi”, deyiladi Kreml xabarida.
Sammit yakunlari bo‘yicha hujjatlar to‘plami imzolangan. Rossiya-Tojikiston muzokaralari yakunida Vladimir Putin va Imomali Rahmon matbuotga bayonot bergan.
Kun tartibida savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishning holati va istiqbollari, Rossiya-Tojikiston strategik sherikligining boshqa muhim jihatlari, shuningdek, dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar muhokama qilingan.
LiveBarchasi