Rahmon bir piyola choy ustida Putin bilan xalqaro masalalarni gaplashdi (video)

Olam

image
Putin Rahmonni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi north_east

Putin Rahmonni “Vatan oldidagi xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotladi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Tojikiston yetakchisi Imomali Rahmon bugun, 22 noyabr kuni suhbatni norasmiy nonushta chog‘ida davom ettirdi.

Prezidentlar nonushtada galstuksiz paydo bo‘ldi. Stol blinchik, sariyog‘, zaytun moyi, sabzavot va mevalar, asal, rezavorlar, shirinliklar hamda sharbatlar bilan bezatilgan.

Imomali Rahmonning matbuot xizmati e’lon qilgan xabarga ko‘ra, norasmiy nonushtada yetakchilar xalqaro va mintaqaviy kun tartibini, shuningdek, bir kun avval o‘tkazilgan rasmiy muzokaralar natijalarini muhokama qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, Rahmon kecha, 21 noyabr kuni Rossiyaga tashrif bilan borgan, shu kuni Kremlda Rossiya-Tojikiston muzokaralari dastlab yakkama-yakka, keyin esa kengaytirilgan tarkibda bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha sakkizta hujjat imzolandi, Putin va Rahmon OAV uchun bayonot berdi. Rahmon Putinni Tojikistonga rasmiy tashrif bilan kelishga taklif qildi.

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, kechki payt ikki davlat rahbarlari norasmiy kechki ovqatda muloqotni davom ettirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston Vladimir Putin Imomali Rahmon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made