Putin Pezeshkiyon bilan ilk bor Ashxobodda uchrashadi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin 11 oktyabr kuni Turkmaniston poytaxti Ashxobodda Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashib, Yaqin Sharqdagi keskin yomonlashgan vaziyatni muhokama qilishi kutilmoqda. Bu haqda Rossiya yetakchisining yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qildi.

“Biz bir uchrashuv bo‘yicha kelishib oldik, bu Eron Prezidenti Pezeshkiyon bilan”, degan Ushakov jurnalistlarga Putinning Ashxobodga bo‘lajak tashrifi haqida gapirar ekan.

Rossiya rahbari Turkmanistonga “Zamonlar va sivilizatsiyalar munosabatlari – tinchlik va taraqqiyot asosi” xalqaro forumida ishtirok etish uchun keladi. Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Putin tadbir doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi mumkin.

“Ushbu uchrashuv ikki tomonlama masalalarni muhokama qilish uchun ham, Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qilish uchun ham katta ahamiyatga ega”, dedi u.

Bu ularning Pezeshkiyon iyun oyida davlat rahbari lavozimini egallaganidan keyingi ilk uchrashuvi bo‘ladi. Ushakovning qo‘shimcha qilishicha, Putin va Pezeshkiyon o‘rtasidagi navbatdagi uchrashuv 22-24 oktyabr kunlari Qozonda bo‘lib o‘tadigan BRICS sammiti doirasida bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Putin Turkmanistonga oxirgi marta 2022 yil iyun oyida borgan. O‘shanda u Kaspiy sammitida ishtirok etish uchun Ashxobodga kelgan va respublika rahbari Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Eron Vladimir Putin Turkmaniston Mas'ud Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing