Putin Pashinyan bilan uchrashishdan bosh tortdi 

Olam

image

Kecha, 13 dekabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahrida Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi hukumatlararo kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan raislik qildi. An’ana bo‘yicha tadbir doirasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Nikol Pashinyan bilan uchrashishi kerak edi, biroq Putin bundan bosh tortdi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Past” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov YeOII hukumatlararo sessiyasi doirasida Nikol Pashinyan va Vladimir Putinning Moskvada ikki tomonlama uchrashuvi rejalashtirilmaganini ma’lum qilgan. Biroq odatda bunday sessiyalar Moskvada o‘tkazilsa, Rossiya Prezidenti Pashinyan va boshqa davlatlar vakillari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.

Nashr manbalarga ko‘ra, bu safar Vladimir Putin shunchaki Nikol Pashinyan bilan uchrashishdan bosh tortgan va bu haqda Armaniston tomoni so‘nggi daqiqalarda, Pashinyan allaqachon Moskvada bo‘lib turgan mahal ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nikol Pashinyan mamlakat parlamentida qilgan chiqishida Armaniston Rossiya ham a’zosi bo‘lgan Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) doirasida qabul qilinayotgan hujjatlarga qiziqish bildirmasligini va Yerevan bilan tashkilot o‘rtasidagi munosabatlar ortga qaytmas nuqtadan o‘tganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Nikol Pashinyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing