Putin ommaviy tadbirlarda o‘q o‘tkazmaydigan jilet kiyishni boshladi – OAV

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ochiq havodagi ommaviy tadbirlarda kiyimi ostiga o‘q o‘tkazmaydigan jilet kiyishni boshladi. Xavfsizlik xizmati unga buni qilishni qat’iy tavsiya qilgan. Bu haqda "The Moscow Times" gazetasi materialida so‘z boradi.

Prezidentni bunday tadbirlarda yaqindan ko‘rgan nashr suhbatdoshlari u kamida 2023 yildan beri zirh kiyganini da’vo qilmoqda. Xavfsizlik bo‘yicha ekspert jurnalistlar iltimosiga ko‘ra, Putinning 9 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan G‘alaba paradidagi videosini o‘rganib chiqdi va uning paltosi ostida o‘q o‘tkazmaydigan jilet kiyganini tasdiqladi.

Materialda Federal xavfsizlik xizmati tomonidan ko‘rilgan boshqa xavfsizlik choralari haqida ham so‘z boradi. Safarlar chog‘ida shaxsiy oshpazlar Putin bilan birga uchib ketadi, biroq xodimlarning maxsus guruhi barcha taomlarni yeyishdan oldin tekshiradi. Putin atrofidagi soqchilar diplomat shaklida buklanadigan zirhli qalqonlarga ega.

Nashrning ta’kidlashicha, Prezident xavfsizlik xizmati butun dunyo bo‘ylab siyosatchilarga uyushtirilgan qator hujumlar, jumladan, 2022 yilda Yaponiya sobiq bosh vaziri Sindzo Abening o‘ldirilishi va Slovakiya Bosh vaziri Robert Fitsoga suiqasd uyushtirilganidan xavotirda.

Boshqa xavflar orasida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi, Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud tomonidan Putinga qarshi hibsga olish orderi va terrorchilarning ehtimoliy hujumlari kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing