Putin noqonuniy migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish kerakligini aytdi

Olam

image

Rossiyadagi noqonuniy migrantlar va mamlakat qonunlarini buzganlarga nisbatan eng qattiq choralar ko‘rish, jumladan, ularni Rossiyadan chiqarib yuborish va qayta kirishini taqiqlash kerak. Bu haqda mamlakat Prezidenti Vladimir Putin Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi kollegiyasida so‘z ochdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyada noqonuniy tarzda bo‘lib turgan migrantlar va o‘z biznesini noqonuniy migratsiya asosida qurayotgan jinoiy guruhlarga nisbatan eng qattiq choralar ishlab chiqilishi lozim. Qoidalarni buzadigan, noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanadigan shaxslarni Rossiyadan chiqarib yuborish va kelajakda mamlakatga kirishini taqiqlash to‘g‘risidagi qarorlarni tezda qabul qilib, ijrosini ta’minlash kerak.

Vladimir Putinning ta’kidlashicha, 2021 yilda mamlakatda ekstremistik jinoyatlar soni ortgan. Ichki ishlar vazirligi ekstremistlarning internet orqali radikal, milliy, diniy va ijtimoiy adovatni qo‘zg‘atishga urinishlariga alohida e’tibor qaratishi zarur.

“Ichki ishlar vazirligi tizimi buning uchun yetarli vakolatga ega”, deya qo‘shimcha qilgan Putin.

Prezident 10 fevral kuni Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashining davlat migratsiya siyosatini takomillashtirish bo‘yicha idoralararo komissiyasi tuzilganini eslatdi. 

“Umid qilamanki, uning ishi migratsiya sohasidagi milliy xavfsizlikni mustahkamlaydi, bu jarayonlar xavf va tahdidlarni keltirib chiqarmasdan, davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan tarzda tartibga solishga yordam beradi”, deydi Putin.

Joriy yilning 1 yanvaridan boshlab mamlakat Hukumati muhojirlarni noqonuniy mehnat faoliyati uchun chiqarib yuborish vakolatini olgan. Ichki ishlar vazirligining ma’lum qilishicha, 2021 yil avgust holatiga ko‘ra, MDH davlatlaridan kelgan 700 mingdan ortiq fuqaro Rossiya hududida noqonuniy bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant Putin

Baholaganlar

365

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing