Putin nega katta davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvga bormadi?

Olam

image

Vaziyat Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Rossiyada bo‘lishini talab qiladi. Shuning uchun u Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadigan G20 sammitiga ishtirok etmaslikka qaror qildi. Bu haqda Putining matbuot kotibi Dimitriy Peskov ma’lum qildi.

“Prezidentga kelsak, sharoitlar Prezidentning Rossiya Federatsiyasida bo‘lishi ustuvorligini taqozo qilmoqda. Shuning uchun, Rossiya tomoni ushbu sammitda Tashqi ishlar vaziri (Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov) darajasida ishtirok etishi to‘g‘risida qaror qabul qilindi”, degan Peskov .

Uning ta’kidlashicha, G20 yetakchilari xohlaydigan bo‘lsa, Rossiya tomoni bilan uchrashuvlar o‘tkazishlari mumkin. 

“Rossiya sammitda yuqori darajada ishtirok etmoqda. Lavrov ushbu sammit ishtirokchilarining katta doirasi bilan muloqot qilmoqda. Qolganlarning hammasi, xohlaydigan bo‘lsa, Rossiya tomoni bilan yuqori darajada muloqot qilish imkoniga ega”, degan Prezident matbuot kotibi.

Shu bilan birga, davlat rahbari matbuot kotibi Vladimir Putin G20ga raislik qilayotgan Indoneziya rahbariyati bilan ancha boy muloqot o‘tkazganini ta’kidlagan. 

“Janob Lavrov aynan Indoneziya rahbariyatiga ushbu sammit arafasida konstruktiv muloqot uchun o‘zining ezgu tilaklari va minnatdorlik so‘zlarini yetkazdi”, deya xulosa qilgan Peskov.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Sergey Lavrov Dimitriy Peskov

Baholaganlar

560

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing