Putin nega Baydenni g‘alaba bilan tabriklamaganini aytdi
Olam
−
22 noyabr 2020
45728Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin AQSHda o‘tkazilgan Prezident saylovida nomzodlardan birini hech kim mutlaq rasmiy ravishda tabriklamaganini aytdi. U bunday tabriklar yo‘llashning o‘z tartib-taomili borligini eslatgan.
“Rasmiy ishlar belgilangan amaliyotga va ishning huquqiy tomoniga muvofiq amalga oshirilishi kerak. Bu yerda yashirin niyat yoki bizning munosabatlarimiz kelgusida yomonlashishga olib keluvchi asosga ega g‘ayrioddiy hech nima yo‘q”, degan Prezident “Rossiya 1” telekanalining “Moskva. Kreml. Putin” dasturida.
U shuningdek, Moskva AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Trampni ham, ushbu lavozimga nomzod Jo Baydenni ham hurmat qilishini qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, AQSHda 3 noyabr kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra Demokratik partiyadan nomzod Bayden g‘alaba qozonish uchun yetarlicha elektorat to‘plagan.
Tramp ham o‘z o‘rnida g‘alaba qozonganiga shubha qilmayapti. U o‘zining haqligini sud orqali isbotlamoqchi.
Avvalroq, Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya Prezidenti saylovlarning natijasi rasman e’lon qilingach, g‘olibni albatta, tabriklashini bildirgandi.
LiveBarchasi