Putin Nazarboyev bilan uchrashib, uni obdan maqtadi
Olam
−
20 dekabr 2023
7134Vladimir Putin Konstantin saroyida Qozog‘iston Respublikasining birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan uchrashdi. Bu haqda Kreml axborot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv paytida Putin Nazarboyevni Rossiyada ko‘rib turganidan xursandligini bildirib, unga chuqur minnatdorlik izhor etgan va sobiq elboshining YeOIIni tashkil etishdagi roli haqida so‘z ochgan.
“Biz hamkasblarimiz bilan Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqini rivojlantirish bilan bog‘liq har qanday masalani muhokama qilish uchun yig‘ilganimizda, bu g‘oya sizga tegishli ekanini doimo eslaymiz. Ittifoqni yaratish tashabbuskori bo‘lganingiz va ko‘p yillar davomida uning harakatlantiruvchi kuchi bo‘lganingiz uchun sizdan minnatdormiz”, degan Putin.
Shuningdek, Rossiya rahbari global ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatgan pandemiyaning og‘ir sharoitlarini esga olib, bu inqirozni hal qilish uchun Nazarboyev bilan birga ishlab chiqqan mexanizm va vositalarning bugungi ahamiyatiga e’tibor qaratgan.
“Bugungi kunda, global ishlab chiqarishga ta’sir ko‘rsatgan pandemiyaning og‘ir sharoitlarida biz o‘sha paytda siz bilan birga ishlab chiqqan mexanizm va vositalar samarali ishlamoqda. Pandemiyaning eng og‘ir yili bo‘lgan 2020 yilda Qozog‘iston bilan munosabatlarimizda sezilarli iqtisodiy pasayish kuzatilmaganini aytish kifoya: o‘zaro savdo hajmi atigi 4 foizga kamaygandi. Ammo 2021 yilning birinchi to‘qqiz oyida bu ko‘rsatkich 30 foizga o‘sdi”, deya qo‘shimcha qilgan Putin.
Qo‘shni Respublikaning sobiq prezidenti Nursulton Abishevich ham ushbu iltifotlarga o‘z tashakkurini bildirib, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining faxriy raisi sifatida ishtirok etishga taklif qilinganidan baxtiyor ekanligini bildirdi va 1991 yilning dekabrida Olmaotada MDHni tashkil qilganlar orasida faqat u qolganini ta’kidladi.
“Janob Prezident, Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqining faxriy raisi sifatida kelishga taklif qilganingiz uchun tashakkur. Faxriy rais, tarixning oldingi safida turgan eng tajribali vakil sifatida men ham qatnashyapman. Bu MDHning norasmiy sammiti, shunday emasmi? 1991 yilning dekabrida Olmaotada MDHni yaratganlar orasidan faqat men qoldim va bu qanday sodir bo‘lganini eslayman”, deya so‘z boshlagan 83 yoshli Nazarboyev
Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi o‘zining 7 yilligini nishonlayotgani va bu ittifoqqa Putin taklifi bilan faxriy rais etib saylanganini ma’lum qilgan Nursulton Nazarboyev Rossiya-Qozog‘iston munosabatlariga e’tibor qaratdi.
“Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi o‘zini namoyon qildi va ayni paytda o‘zining 7 yilligini nishonlaydi. Qozog‘iston va Rossiya o‘rtasidagi munosabatlar haqida aytganingizdek o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 24 milliard dollarga yetadi. Bu tarixiy rekord va pandemiyaga qaramay, biz bunga erishdik. Maqsadimiz Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqini rivojlantirishni davom etish hamda yangi a’zolar va kuzatuvchilarni qabul qilishdir”, deydi Nazarboyev.
Birinchi prezident fursatdan foydalanib, Putinni yangi yil bilan tabriklashni ham unutmadi.
“Sizni Yangi yilingiz bilan tabriklayman. O‘tayotgan yilda Qozog‘iston va boshqa ko‘plab mamlakatlar mustaqilligining 30 yilligini nishonladi. Siz uchun bu Davlat Dumasiga saylovlar yili edi. Og‘ir sharoitlar va kollektiv G‘arb va Rossiya o‘rtasidagi qarama-qarshilikni hisobga olsak, bu yilni siz uchun qanchalik ahamiyatga egaligini tasavvur qilyapman”, degan u.
Faxriy mehmonga javob tariqasida 71 yoshli Putin ham uni va butun qozoq xalqini Yangi yil bilan tabriklagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nazarboyev o‘zining hayot yo‘li haqida hikoya qiluvchi “Mening hayotim. Tobe’likdan ozodlik sari” kitobini Putinga ham tortiq qilgan edi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar