Nazarboyev o‘z sirlarini fosh qilgan kitobidan Putinga ham yubordi

Olam

image

Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning “Mening hayotim. Tobelikdan ozodlik sari” xotiralari mualliflik nusxasi Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga topshiriladi. Bu haqda jurnalistlarga Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

“Nursulton Abishevich o‘z kitobini Vladimir Vladimirovichga yubordi. U prezidentga topshiriladi. Bu shunday mualliflik nusxasi”, deydi Peskov Rossiya davlat rahbari alohida bob berilgan kitobni o‘qib chiqdimi degan savolga javob berar ekan. 

Qozog‘istonning sobiq rahbarining xotiralari respublikada Birinchi Prezident kuni nishonlanayotgan 1 dekabr kuni nashr etilgan. Tiraj 7500 nusxadan iborat. Kitob ikki tilda – rus va qozoq tillarida nashr etilgan. Nazarboyevning ushbu kitobdagi bahosiga ko‘ra, Putin so‘z va ishning odami va o‘z mamlakatini jahon davlati maqomiga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi. Qozog‘istonning birinchi prezidenti, shuningdek, boshidanoq Putin bilan til topishganini aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, Nazarboyev ushbu kitobda ilk bor o‘zidan ancha kichik bo‘lgan Asel ismli model bilan turmush qurgani, 65 va 68 yoshida undan ikki o‘g‘il farzand ko‘rgani haqida yozgan edi. 


Maqola muallifi

Teglar

Nursulton Nazarboev Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing