Putin Navalniyning zaharlanishi haqida gapirdi
Olam
−
17 dekabr 2020
8578Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Aleksey Navalniy bilan yuz bergan hodisani tergov qilishni Amerika maxsus xizmatlari materiallarini legallashtirish deb atadi. U bu haqda jurnalistlar bilan o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.
“Berlin klinikasidagi ushbu bemorga kelsak, men buni ko‘p marta aytganman, faqat ba’zi narsalarni takrorlashim mumkin. [Matbuot kotibi Dmitriy] Peskov kecha menga ushbu voqea bo‘yicha so‘nggi uydurmalar haqida gapirib berdi. Eshiting, biz buning nima ekanini juda yaxshi tushunamiz. Bu qonuniylashtirish, bu qandaydir tergov emas, Amerika maxsus xizmatlarining materiallari”, deydi Putin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Germaniyada davolanayotgan Navalniy Amerika maxsus xizmatlari ko‘magidan bahramand, ammo bu uni ta’qib qilish kerakligini anglatmaydi.
“Berlin klinikasidagi ushbu bemor bu holatda AQSH maxsus xizmatlarining qo‘llab-quvvatlashidan bahramand bo‘lmoqda. Agar shunday bo‘lsa, demak, bu qiziq, demak, maxsus xizmatlar unga qarashlari kerak. Ammo bu uning zaharlanishi kerak degani emas, u kimga kerak”, dedi Putin kulib.
Prezidentning ta’kidlashicha, agar ular Navalniyni zaharlamoqchi bo‘lsalar, buni oxirigacha yetkazgan bo‘lishlari mumkin edi.
“Shunday qilib, u (Navalniyning rafiqasi – tahr.) menga murojaat qildi, men darhol uni Germaniyada davolanish uchun qo‘yib yuborishni buyurdim, xuddi shu soniyada”, deydi Putin.
Putin mamlakatdagi siyosiy kuchlarni, shu jumladan muxolifatni o‘z ambitsiyalari bilan emas, balki Rossiya Federatsiyasi fuqarolari manfaatlaridan kelib chiqib boshqarishga chaqirdi.