Putin NATO mamlakatlariga maktub yo‘lladi
Olam
−
25 Sentabr 2019
10477Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin o‘nlab mamlakatlar, shu jumladan NATO a’zolariga ham Yevropa va boshqa mintaqalarda o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar o‘rnatishni taqiqlash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Kommersant” xabar tarqatdi.
“Sizdan NATO doirasida quruqlikka mo‘ljallangan o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarga taqiq qo‘yish taklifini qo‘llab-quvvatlashingizni so‘raymiz”, deyiladi hujjatda. Shuningdek maktubda Amerika tomoni raketa joylashtirmaguncha Rossiya ham bunday qilmasligi eslatib o‘tilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, NATO Rossiya o‘z hududida o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalar joylashtirgani uchun rasmiy Moskvaning taklifiga jiddiy e’tibor bermayapti.
Ma’lumot uchun, 500 dan 5,5 ming kmgacha masofaga uchuvchi ballistik va qanotli raketalar ishlab chiqarish hamda sinovdan o‘tkazish 1987 yilda SSSR va AQSH o‘rtasida imzolangan O‘rta va qisqa masofaga uchadigan raketalarni yo‘q qilish bo‘yicha shartnoma (O‘QRBSH) bilan taqiqlangandi. Ammo shartnoma joriy yilning 2 avgust kuni rasman o‘z kuchini yo‘qotdi. Amerika tomoni shartnomadan chiqishini Rossiya kelishu shartlarini buzgani bilan izohladi. O‘z navbatida rasmiy Moskva bu ayblovni rad qildi.
LiveBarchasi