Putin Misrdagi tadbirda ishtirok etmasligi aytildi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning noyabr oyida Misrda bo‘lib o‘tadigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o‘zgarishi bo‘yicha 27-konferensiyasida ishtirok etishni rejalashtirmayapti. Bu haqda bugun, 6 oktyabr kuni jurnalistlarga davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi. 

"Yo‘q, u buni rejalashtirmayapti", deb javob berdi Kreml matbuot kotibi tegishli savolga. 

6—18 noyabr kunlari Sharm-ash-Shayxda bo‘lib o‘tadigan mazkur anjumanda Rossiya delegatsiyasiga Rossiya Federatsiyasi Prezidentining iqlim masalalari bo‘yicha maxsus vakili Ruslan Edelgeriyev boshchilik qiladi. 

Bo‘lajak anjumanda iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘yicha deklaratsiyalar qabul qilinishi kutilmoqda. TASSning yozishicha, Rossiya delegatsiyasi konferensiyaning ijobiy natijasiga umid qilmoqda, ammo provokatsiyalarni kutmoqda va ularga tayyor.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

229

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing