Putin Mirziyoyevga mehmondo‘stligi uchun minnatdorlik bildirdi

Jamiyat

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga telegramma yo‘llab, unda mamlakatga davlat tashrifi chog‘ida o‘ziga va Rossiya delegatsiyasiga ko‘rsatilgan qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. Telegramma matni Kreml saytida e’lon qilindi.

Putin muzokaralar Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini rivojlantirishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, erishilgan kelishuvlar turli sohalarda o‘zaro manfaatli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar ochadi.

Ma’lumot uchun, 26 may kuni Putin Mirziyoyev taklifiga binoan ikki kunlik davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. 27 may kuni ikki davlat rahbarlari o‘rtasida avvaliga tor doirada, so‘ngra kengaytirilgan doirada muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Putin uchrashuvda savdo, sanoat, atom energetikasi, madaniyat, fan va ta’lim sohalarida hamkorlikka oid hujjatlar to‘plami imzolanishini aytdi.

Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi kun tartibi shu qadar mazmunli, o‘ziga xos va keng ko‘lamli bo‘lganki, u Prezidentlar tomonidan juda batafsil muzokaralarni talab qilgan. Shuning uchun ham Putinning tashrifi uch kunga cho‘zilgan va Mirziyoyev Rossiya rahbarini uyiga taklif qilgan. Davlat rahbarlari ertalabki soat uchgacha suhbatlashgan.

Muzokaralar chog‘ida Putin ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foizga oshganini va 10 milliard dollarga yetganini ta’kidladi.

Davlat rahbari o‘sish sur’atlariga ijobiy baho berib, tomonlar yaqin kelajakda 20 milliard dollarlik ko‘rsatkichga erishish ustida ish olib borayotganini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Shavkat Mirziyoev O'zbekiston Vladimir Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing