Putin migrantlarning Rossiyada qolishi bo‘yicha yangi farmon imzoladi

Olam

image

Koronavirus infeksiyasi keng tarqalishi xavfi munosabati bilan 2020 yil 18 aprelda qabul qilingan Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 274-sonli farmoniga muvofiq, mamlakat hududida chet el fuqarolarining qonuniy bo‘lishi huquqini beruvchi barcha hujjatlar, shu jumladan patentlarning amal qilish muddati 2020 yil 15 iyungacha uzaytirilgan edi.

Rossiya Prezidentining kecha, 15 iyundagi 392-sonli farmoni bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, bugundan, ya’ni 16 iyundan boshlab Rossiya Federatsiyasi hududida chet el fuqarolarining ishlash huquqini beruvchi ruxsatnoma, shu jumladan patent rasmiylashtirish zarur bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ogohlantirdi.

Shuningdek, farmon bilan:

•    chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiya Federatsiyasida vaqtincha bo‘lish, vaqtincha yoki doimiy yashash, yashash joyida ro‘yxatda turish muddatlari 2020 yilning 15 sentyarigacha tugashi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ushbu muddatlarni tugatmaslik;

•    Rossiya Federatsiyasidan ma’muriy tartibda chiqarib yuborish to‘g‘risida qaror qabul qilingan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning mamlakatdan ixtiyoriy chiqib ketish, deportatsiya qilish muddatlarini 2020 yilning 15 sentyabriga qadar uzaytirish belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

migrant patent

Baholaganlar

1241

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing