Putin Medvedevni yangi lavozimga tayinladi
Olam
−
27 dekabr 2022
20436Rossiya Prezidenti Vladimir Putin o‘zi boshqaradigan Harbiy-sanoat komissiyasida o‘zining birinchi o‘rinbosari lavozimini ta’sis etdi. Ushbu lavozimga Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi rahbari o‘rinbosari Dmitriy Medvedev tayinlandi. Bu haqda TASS xabar berdi
Davlat rahbarining kecha, 26 dekabr kuni e’lon qilingan farmoniga ko‘ra, komissiya tarkibidan chiqarib yuborilgan Igor Artemev (sobiq Federal Monopoliyaga qarshi kurash xizmati rahbari) o‘rniga Favqulodda vaziyatlar vazirligi rahbari Aleksandr Kurenkov ham qo‘shilgan.
Rossiya Prezidenti komissiya raisi hisoblanadi. Shuningdek, uning tarkibiga Bosh vazir o‘rinbosari – Sanoat va savdo vazirligi rahbari Denis Manturov kiradi. U komissiya rahbarining o‘rinbosari va uning hay’ati rahbari (joriy masalalarni hal qilish uchun tuzilgan) lavozimlarini egallaydi.
Shuningdek, komissiya tarkibiga Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov, Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev, Tashqi razvedka xizmati, Federal xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya rahbarlari va boshqalar kiradi.