Putin MDHning deyarli barcha davlat rahbarlarini G‘alaba kuni bilan tabrikladi

Olam

image

Bu yilgi 9 may arafasida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Abxaziya, Janubiy Osetiya, shuningdek, Gruziya va Moldova xalqlariga tabrik yo‘lladi. Rossiya Prezidenti ikki davlat – Moldova va Gruziyaning davlat rahbarlariga emas, balki xalqlariga tabrik yo‘llagan. Bu haqda Kreml matbuot xizmati ma’lum qildi

“Rossiya davlat rahbari o‘z tabriklarida ushbu muhim kunda jang maydonlarida ko‘rsatgan mislsiz jasorati va front ortida fidokorona mehnati bilan fashist bosqinchilarini tor-mor etish va mudofaa qilishda ko‘maklashgan barchaga chuqur hurmat va minnatdorchilik bildirishimizni ta’kidladi”, deyiladi xabarda.

Rossiya Prezidentining urg‘ulashicha, Buyuk G‘alabaning ma’naviy merosi bundan buyon ham sanab o‘tilgan mamlakatlar va xalqlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash va samarali rivojlantirishga xizmat qiladi.

“Putin barcha Ulug‘ Vatan urushi faxriylari va front mehnatkashlariga samimiy minnatdorlik so‘zlarini yetkazdi, ularga mustahkam sog‘lik, ko‘tarinki ruh, farovonlik va uzoq umr tiladi”, deya xulosa qilingan xabarda.

Vladimir Putin tabrigini Moldova va Gruziyadan tashqari barcha MDH davlatlari rahbarlariga bildirgan. Gruziya va Moldovaga esa davlat yetakchilari Salome Zurabishvili va Maya Sanduga emas, balki mamlakat xalqlariga yo‘llagan. Xabarda Ukraina to‘g‘risida hech narsa deyilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada G‘alaba kunida Putin bilan paradni tomosha qilish uchun Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Moskvaga yetib borgan. Shuningdek, Putin G‘alaba paradini birgalikda nishonlash uchun Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhammedovni taklif qilgan edi


Maqola muallifi

Teglar

MDH Vladimir Putin G'alaba kuni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing