Putin MDH, jumladan O‘zbekiston razvedkasi rahbarlari bilan gaplashmoqchi

Olam

image

Joriy yilning 29 sentyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi respublikalarining xavfsizlik va razvedka idoralari rahbarlari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuvda Putin videokonferensaloqa formatida qatnashadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Tashqi razvedka xizmati matbuot byurosi xabar berdi. 

“Maslahatchi organ faoliyati doirasida Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Hamdo‘stlik mamlakatlari maxsus xizmatlari rahbarlari bilan videokonferensaloqa rejimida uchrashishi rejalashtirilgan”, deyiladi xabarda. 

Bu ma’lumotni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqlagan. 

“Ha, haqiqatan ham payshanbaga rejalashtirilgan”, deydi u tegishli savolga javob berib. 

Bir kundan keyin, 30 sentyabr kuni MDH davlatlarining xavfsizlik va razvedka xizmatlari rahbarlari Moskvada yig‘ilish o‘tkazadi. Tadbirda Rossiya, Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston delegatsiyalari ishtirok etadi. 

Tashqi razvedka xizmati, shuningdek, 29 sentyabr kuni yig‘ilishni Rossiya Tashqi razvedka xizmati direktori Sergey Narishkin Rossiya Federatsiyasi prezidentining murojaatini o‘qib ochadi.


Maqola muallifi

Teglar

MDH Vladimir Putin

Baholaganlar

1170

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing