Putin MDH davlatlari Prezidentlarini norasmiy uchrashuvga chaqirdi
Olam
−
22 dekabr 2021
16938Joriy yilning dekabr oyi oxirida Sankt-Peterburgda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH)ning norasmiy sammiti o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Qozog‘iston elchisi ma’lum qilgan.
“MDH davlatlari ishtirokidagi tadbir 28 dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tishi mumkin”, degan diplomat.
Ta’kidlanishicha, norasmiy sharoitda davlatlar rahbarlari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan dolzarb masalalarni muhokama qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, MDH vakillarining so‘nggi yig‘ilishi 2019 yilning 20 dekabr kuni shimoliy poytaxtda bo‘lib o‘tgan. Unda Rossiya, Belarus, Ozarbayjon, Armaniston, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etgan. O‘shanda Vladimir Putin mehmonlarga Ikkinchi jahon urushi tarixini ochib beruvchi arxiv materiallari haqida gapirib bergan, shuningdek ularga maxsus tematik ko‘rgazmani namoyish etgan.