Putin masjid masalasida Ramzan Qodirovning fikriga qo‘shilmadi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning dunyodagi eng chiroyli masjid haqidagi so‘zlariga qo‘shilmadi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Munozaralar paytida davlat rahbari Qodirovdan  Chechenistonning Shali shahrida ochilgan masjid haqiqatan ham dunyodagi eng katta masjidmi, deb so‘radi. Qodirov ijobiy javob berdi va u hanuzgacha "va haqiqatan ham dunyodagi eng go‘zal masjid" ekanini aytdi.

"Dunyodagi eng go‘zal masjid - Sankt-Peterburgda",  dedi Putin.
"Men siz bilan bahslasholmayman, Vladimir Vladimirovich", deb javob berdi Qodirov.

O‘tgan hafta Chechenistonning Shali shahrida Yevropadagi eng katta masjid - Muhammad payg‘ambar nomi bilan Musulmonlarning iftixori ochildi. U 30 mingdan ortiq kishini qabul qiladi va unga tutash bo‘lgan hudud yana 70 ming odamni qabul qila oladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Putin Qodirov

Baholaganlar

395

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing