Putin Makron bilan Eron va Ukraina masalasini muhokama qildi
Olam
−
01 iyul 8255 2 daqiqa
Joriy yilning 1 iyul kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Kreml xabar berdi.
Davlat rahbarlari Yaqin Sharqdagi vaziyatni, xususan, Eron va Isroil o‘rtasidagi qarama-qarshilik, shuningdek, AQSH tomonidan Eronning yadroviy ob’ektlariga uyushtirilgan zarbalarni muhokama qilgan.
Vladimir Putin va Emmanuel Makron BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari sifatida Rossiya va Fransiyaning dunyoda, xususan Yaqin Sharq mintaqasida tinchlik va xavfsizlikni saqlashdagi alohida mas’uliyatini ta’kidlagan. Shuningdek, global yadroviy qurollarni tarqatmaslik rejimini saqlab qolish muhimligi qayd etilgan. Shu munosabat bilan Tehronning tinch atomni rivojlantirish bo‘yicha qonuniy huquqiga hurmat bilan yondashish va Eron tomonidan yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi Shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini, jumladan, Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorlikda davom ettirish muhimligi ta’kidlangan.
Davlat rahbarlari Eron yadroviy dasturi atrofidagi inqirozni hal qilish va Yaqin Sharqdagi boshqa ziddiyatlarni faqat siyosiy va diplomatik yo‘llar bilan bartaraf etish tarafdori ekanliklarini bildirgan. Pozitsiyalarni muvofiqlashtirish imkonini ko‘rib chiqish maqsadida aloqalarni davom ettirishga kelishib olingan.
Ukraina atrofidagi vaziyatni muhokama qilarkan, Vladimir Putin Ukraina mojarosi – G‘arb davlatlarining ko‘p yillar davomida Rossiyaning xavfsizlik manfaatlarini e’tiborsiz qoldirgani, Ukrainada antirus ko‘rinishdagi maydon yaratgani, rus tilida so‘zlashuvchi aholining huquqlarini buzishga ko‘z yummagani, hozir esa Kiyev rejimini zamonaviy qurollar bilan ta’minlab, harbiy harakatlarni cho‘zishga urinishlari oqibati ekanini eslatib o‘tgan.
Ma’lumot uchun, Putin va Makron o‘rtasidagi oxirgi telefon suhbati 2022 yilning 11 sentyabrida bo‘lib o‘tgan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron NATOning Gaaga shahridagi sammiti doirasida Yevropani Rossiya bilan kelajakda muloqot qilishdan oldin yaxshilab o‘ylab ko‘rishga chaqirgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr