Putinning maxsus vakili Afg‘onistondagi ISHID tahdidiga baho berdi
Olam
−
12 fevral 2019
31527AQSH Afg‘onistondan chiqib ketgandan keyin vaziyat o‘zgarmaydi, deya bayonot qildi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi.
Amerikaliklar Afg‘onistonda ISHID terrorchi guruhi bilan jang qilmayapti, shu bois AQSHning mamlakatdan chiqib ketishi vaziyatga hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi, deya ta’kidladi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Osiyo bo‘yicha ikkinchi departament direktori, Rossiya prezidenti maxsus vakili Zamir Kabulov.
“Barcha afg‘onlar – ham Kobul, ham toliblar tinchlik bitimiga erishsa, bir-biri bilan urushishiga hojat qolmaydi va shundan so‘ng ular ISHID bilan “afg‘oncha”siga shug‘ullanadi. Natijada bu terrorchilik tashkilotining izi ham qolmaydi”, deb aytgan Putinning maxsus vakili.
LiveBarchasi