Putin Lukashenkoning Ukraina bo‘yicha taklifiga rozi bo‘ldi
Olam
−
12 aprel
18950Rossiya Prezidenti Vladimir Putin belaruslik Aleksandr Lukashenkoning Ukraina bilan Istanbulda kelishilgan kelishuvga qaytish taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Lukashenko o‘z tashabbusini kecha, 11 aprel kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi. U “ichki instinkti hech qachon aldamaganini” va Putinning mojaroni hal qilish bo‘yicha tashabbuslariga “Ukrainada javob topishini” aytdi.
“Ular buni topadi. Ular buni harbiylardan topadilar. Men siz bilan yelkama-yelka turishga va shu yo‘nalishda ishlashga tayyorman”, deydi Lukashenko.
Uning ta’kidlashicha, Istanbuldagi muzokaralar chog‘ida tomonlar “jiddiy olg‘a siljish”ga erishgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda “rossiyaliklar ham, ukrainaliklar ham harakatlanishgan”.
"Bir paytlar menga ko‘rsatgan hujjatni olib, stolga qo‘ying va shu bo‘yicha harakatlaning” degan Lukashneko.
Putin esa bunga javoban “Ha, u bilan ishlaymiz”, degan.
Lukashenko buni oqilona deb hisoblaydi, chunki bu hujjat "Ukraina uchun maqbul pozitsiyaga ega" va Ukraina bunga rozi bo‘lgan.
"Ular rozi bo‘lgan, albatta”, deya javob qaytargan Putin.
Ma’lumot uchun, 2022 yilda Istanbulda Rossiya-Ukraina muzokaralarining bir necha raundi bo‘lib o‘tdi. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov muzokaralardan so‘ng Kiyevdan olingan kelishuv loyihalarida yig‘ilishda bildirilgan takliflar bilan ziddiyatlar borligini aytdi. Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina dastlab xavfsizlik kafolatlari Qrimga taalluqli bo‘lmasligiga va’da bergan, biroq bu band kelishuvning yangi tahririga kiritilmagan.
2022 yil may oyida Ukraina Rossiya bilan tinchlik muzokaralarini to‘xtatdi. O‘sha yilning oktyabr oyida Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy Rossiyada Vladimir Putin Prezident bo‘lgan davrda muzokaralar o‘tkazish imkoniyatini istisno qiluvchi farmonni imzoladi. Putinning fikricha, Ukraina AQSH ko‘rsatmasi bilan muzokaralardan bosh tortgan.
LiveBarchasi